Fakt. Diyor Xolmatov gol urgan o'yinlarda "Navbahor" yutqazmayapti

Iskandarov Abdulaziz
8 noya 2026, 08:40
Namanganning "Navbahor" jamoasi Superligada dadil odimlashda davom etmoqda.

Jamoa kecha 27-turda safarda "Qizilqum" ustidan zafar quchdi, g'alaba goliga yarim himoyachi Diyor Xolmatov mualliflik qildi. Bu "lochinlar" a'zosining joriy mavsumdagi 4-goli sifatida qayd etildi. Xolmatov to'p kiritgan uchrashuvlarda namanganliklar mag'lubiyatga uchrayotgani yo'q.

5-tur. "Navbahor" - "Mashal" 2:1

17-tur. "Navbahor" - "Bunyodkor" 4:3

21-tur. "Buxoro" - "Navbahor" 1:4

27-tur. "Qizilqum" - "Navbahor" 0:1

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia