

- Har qanday derbi o'yinlari doimo keskin kurashlar ostida kechadi.Bunday uchrashuvlarda har bir futbolchi maydonga o'zgacha ishtiyoq va motivaciya bilan maydonga tushadi. Bo'lajak bahs esa medallar taqdiriga oydinlik kiritishi bilan yanada ahamiyatli. O'zingizga ma'lum, “Neftchi” amaldagi mamlakat chempioni hamda joriy mavsumda ham o'z unvonini saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda. Jamoamizda esa kumush medalni qo'lga kiritish imkoniyati bor. Mazkur omillar sababli, bo'lajak o'yinning principiallik jihati juda yuqori.



