Sulsher Anchelotti bilan bo'lgan qiziq holat haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
29 noya 2025, 00:15
Ole-Gunnar Sulsher MYUda ishlab yurgan vaqtida Karlo Anchelotti bilan bo'lgan qiziq holatni yodga oldi.

"O'shanda "Everton"ga qarshi o'ynayotgandik. O'zimning texnik hududimda turgandim va Karlo Anchelotti o'yin tempi bilan bo'lib, deyarli bizning hududga kirib oldi.

Shunda zaxira hakami unga: "Karlo, o'zingizning texnik hududingizga kiring yoki Sulsherning o'rnida bo'laqoling", dedi.

Karlo esa: "Yo'q-yo'q-yo'q, u erning bosimi katta", deb kulib qo'ydi.

Bosim - katta ishtiyoq, buni uning o'zi aytgan va o'shanda men "Manchester Yunayted"da ishlayotganimdan xursand bo'lganman", - dedi norvegiyalik murabbiy.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC