

Bu haqda “TEAMtalk” xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Everton" klubi 28 yoshli angliyalik futbolchining o'tishi bo'yicha dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan. Tomonlar hozircha kelishuv muhokamasining boshlang'ich bosqichida turishibdi. "Irislar" futbolchini safiga qo'shib olish bo'yicha ikkita variantni ko'rib chiqmoqda: to'laqonli transfer yoki keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijara. Shu bilan birga, transferning amalga oshishi Reshfordning o'z xohishiga bog'liq bo'ladi.
Reshford 2026/27 yilgi mavsum barcha musobaqalarda jami 8 ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo'q. Futbolchining MYU bilan bitimi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 35 million evroga baholamoqda.



