

Manbaning xabar berishicha, bir qator jarohatlardan so'ng to'liq sport formasini tiklab olgan 24 yoshli angliyalik futbolchi yana top-klublar e'tiborini tortdi.
Brantueyt 2024 yildayoq "Yunayted"ning nishoni bo'lgan, o'shanda "Everton" taxminan 42 va 54 million evrolik takliflarni rad etgandi. Avvalroq himoyachi 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagan bo'lib, "irislar" uni taxminan 100 million evroga baholamoqda. Futbolchiga MYUdan tashqari "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda, bu esa klublar o'rtasidagi azaliy raqobat sabab ehtimoliy bitimni yanada murakkablashtiradi.
Himoyachi 2026/27 yilgi mavsum Angliya chempionatining 7 ta uchrashuvida maydonga tushib, samarali harakatlarni amalga oshirmadi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million evroga baholamoqda.



