Stiv Bryus: "MYU Maguayrga yangi shartnoma taklif qilishi kerak"

Mirjalol Normatov
26 fev 2026
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Stiv Bryusning fikriga ko'ra, klub Xarri Maguayr bilan shartnomani uzaytirishi kerak.

"Xarri uzoq vaqt davomida tanqidlar uchun o'lja bo'lib keldi. Lekin u biror marta MYU va Angliya termasini qiyin ahvolda qoldirgan, deb o'ylamayman.

Aytganimdek, u atrofida bo'layotgan ishlar sababli tanqidlar o'ljasi bo'ldi. Agarda klub unga yangi shartnoma taklif qilsa, ajablanmagan bo'lardim. Nega yo'q? Markaziy himoyachilar yoshi o'tgan sari yaxshilanib boradi.

U jahon chempionatida o'ynasa ham ajablanmagan bo'lardim. Xarrida tajriba juda katta, Angliya termasida yuqori darajada o'yin namoyish qilgan. So'nggi haftalarda u nimalarga qoldirligini isbotlab bo'ldi", - dedi Bryus.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal