MYU haqida film suratga olayotgan prodyuserlar voqealarning bu qadar keskin tus olishini kutishmagan edi

Aslanov Jasurbek
12 noya 2026, 23:20
Amazon kompaniyasi "Manchester Yunayted"da yuzaga kelgan vaziyatdan juda mamnun.

Eslatib o'tamiz, bugun klub Maykl Kerrikni bosh murabbiylik lavozimidan bo'shatdi. Uning o'rnini AQSH terma jamoasidan Maurisio Pochettino egallashi kutilmoqda. Ma'lumot o'rnida, "Yunayted" APLning ortda qolgan 10 turidan so'ng 8 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

Amazon kompaniyasining Prime Video striming servisi 2026/27 yilgi mavsumda "MYU" haqida hujjatli film suratga olmoqda. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, klub bundan taxminan 15 million funt ishlab topadi.

Jamoaning avvalgi murabbiyi Ruben Amorim bunday g'oyaga veto qo'ygan edi, biroq "Barchasi yoki hech narsa" (All or Nothing) hujjatli seriali ijodkorlariga ruxsat berish, shu jumladan, "Old Trafford"dagi kiyim almashtirish xonasiga kirish jarayoni may oyida Kerrik shartnoma imzolab, bosh murabbiyga aylanishidan oldinroq boshlangan edi. Kerrik klubning suratga olishga ruxsat berish qaroridan unchalik xursand bo'lmasa-da, vaziyatni borligicha qabul qildi.

Biroq, shunday murakkab davrda kameralarning hozir bo'lishi qo'shimcha - juda tashvishli va kuchli e'tiborni yuzaga keltirdi. O'yinchilar va klub xodimlari ertami-kechmi barcha dramatik voqealar ommaga oshkor bo'lishini yaxshi tushunib turishibdi.

Mavsum boshida Amazon voqealarning bu qadar keskin rivojlanishini kutmagan edi. Klubdagi manbalarning xabar berishicha, yakunda yuz bergan holatlar sababli prodyuserlar "o'z baxtlariga ishonishmayapti".

"Bu mavsumda "Yunayted"da faqat bitta g'olib bor - bu Amazon", - dedi klub rahbariyatiga yaqin shaxs The Telegraph nashriga.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph