"Sosedad"ning 70 million evrolik futbolchisi MYUga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. U klubning eng yaxshi to'purari

Alisher
12 fev 2021
"Real Sosedad" yarim himoyachisi Mikel Oyarsabal mashg'ulotda o'ng sonining orqa qismidan jarohat oldi.

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi La Liga doirasidagi "Xetafe" (14 fevral) va Yevropa Ligasi doirasidagi "Manchester Yunayted" (18 fevral)ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin.

Marca ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik futbolchining tiklanish muddati 2-3 haftagacha vaqtni oladi.

Oyarsabal joriy mavsum La Liga doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi va jamoasining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.


AlisherMuallif
Manba: realsociedad.eus