Mbappe YCHLning 3 ta o'yiniga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
28 sen 2026, 22:33
Kilian Mbappening ukasi YCHLning 3 ta o'yiniga diskvalifikaciya qilindi.

UEFA Etan Mbappeni jazolash bo'yicha qarorini e'lon qildi. Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Lill"ning 19 yoshli yarimhimoyachisi "Betis" himoyachisi Natan orqasidan kelib, elkasiga qoqqanida, qo'li bilan uning yuziga tushirib yuborgan edi. Uchrashuv bosh hakami Georgi Kabakov epizod takrorini tomosha qilgach, Etanga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi. UEFA Fransiya jamoasi futbolchisini ushbu turnirning uchta o'yiniga diskvalifikaciya qilish qarorini qabul qildi. Shu tariqa, Kilian Mbappening ukasi "Arsenal", "Galatasaray" va "Budyo-Glimt"ga qarshi o'yinlarda ishtirok etmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AP