

Futbolchi jamoaga erkin agent maqomida kelib qo'shilmoqda.
27 yoshli Michin "Voyvodina" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida "Chukarichki", "Udineze", "Napredak", "Radnichki" va Luganskning "Zarya" jamoalarida to'p surgan. 2025/26 yilgi mavsumda Michin Ukraina chempionatining 17 ta o'yinida maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishdi va 2 ta golga assitlik qilgan. Shuningdek, uning hisobida Serbiya yoshlar terma jamoasi safida o'tkazilgan 6 ta o'yin ham mavjud.



