

Bugun olmaliqliklar o'z maydonida "ajdarlar"ni qabul qiladi. Bu jamoalarning Olmaliqda kechadigan yubiley - 20-uchrashuviga aylanadi. Bungacha bo'lib o'tgan 19 ta o'yinning 4 tasida mezbonlar, 5 tasida esa mehmonlar g'alaba qozonishgan. Yana 10 ta bahsda g'olib aniqlanmay, murosa ko'chasi tanlangan.
OKMK so'nggi bor o'z maydonida "Nasaf"ni 2020 yilgi mavsumda mag'lub etgan edi (2:1). Shunga qaramay, shundan beri o'tkazilgan 5 ta o'yinning 4 tasida durang qayd etilgan bo'lsa, 1 ta bahsda Ro'ziqul Berdiev shogirdlari zafar kuchgan.
Eslatib o'tamiz, markaziy bahs soat 20:00da start oladi.



