"Atletik" "Barselona" va "Real"ni qiziqtirayotgan Laportni 80 million evroga baholamoqda

2 avg 2026, 13:59
"Barselona" "Atletik"ning bilbaolik markaziy himoyachisi Emerik Laport haqida ma'lumot so'radi.

"Qizil-oqlar” 32 yoshli futbolchini 80 million evroga baholadi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yilgi jahon chempioniga Madridning "Real" klubi ham qiziqish bildirgan. Takidlanishicha, "qaymoqranglilar" futbolchini 2024 yildayoq kuzatgan.

Laport o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 30 ta o'yinda qatnashib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 8 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS