Slot – "Milan" bosh murabbiyligiga asosiy nomzod

Aslanov Jasurbek
30 may 2026, 18:30
Arne Slot "Milan" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Jurnalist Sasha Tavolerining xabar berishicha, 47 yoshli niderlandiyalik mutaxassis italyan klubi boshqaruviga asosiy nomzod bo'lib turibdi. Slot bugun "Liverpul" bosh murabbiyligidan bo'shatilgan edi.
Shuningdek, Ramon Planes "Milan"ning yangi sport direktoriga aylanishi mumkinligi qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, "Milan" avvalroq bosh murabbiy Massimiliano Allegri va klubning sport rahbariyatini iste'foga chiqargan edi. Bugun, shuningdek, "Kristal Pelas"ni tark etayotgan Oliver Glasner ham "rossoneri"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://x.com/sachatavolieri