

Insayder Ben Djeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, bu qaror klub uchun oson bo'lmagan, chunki Slot dastlabki mavsumidayoq "Liverpul" bilan APLda g'olib chiqqan edi. Hatto o'tgan mavsumda rahbariyatning poziciyasi qatiy bo'lgan - murabbiyni almashtirish rejalashtirilmagan edi.
Biroq endi klubda jamoaga boshqa futbol vektori kerak degan qarorga kelindi. Iste'foning asosiy sababi - o'yin uslubini o'zgartirish istagidir: "Liverpul" yanada hujumkor, tajovuzkor, intensiv, shiddatli va raqibga katta bosim (pressing) o'tkazadigan futbol o'ynashni xohlamoqda.
Ayni paytda klub yangi murabbiyni aynan mana shu talablardan kelib chiqib izlamoqda. Bosh vazifa - ko'zlangan futbol modeliga eng mos keladigan mutaxassisni topishdan iborat.
Murabbiylik masalasi mavsum oldi tayyorgarlik jarayoniga ta’sir qilmasligi uchun "Liverpul" tezkorlik bilan harakat qilishga qaror qilgan.



