Skolari Ronaldu haqida: "U men murabbiylik qilgan eng yaxshi futbolchilardan biri"

6 noya 2026, 00:15
Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari Krishtianu Ronalduning milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlash haqidagi qarorini izohladi.

Ronaldu Skolari qo'l ostida terma jamoadagi ilk o'yinini o'tkazgan edi.

gettyimages-81588744-2048x2048.jpg

"Ronaldu, sen qoyilmaqomsan. Sen xotirjamsan va to'g'ri qaror qabul qilding. Sen Portugaliya hech qachon unutmaydigan sportchilardan biri bo'lding. Men ham sening do'sting va senga havas qiladigan inson sifatida seni hech qachon unutmayman. Men uchun va jamoadoshlaring uchun qilgan barcha ishlaring sababli ham seni doimo yodda saqlayman.

Yana bir narsani aytmoqchiman: sen haqingda faqat men yaxshi fikr bildirmaganman. Murtoza (Skolarining sobiq yordamchisi) va yoshlar bo'limidagi Ruy aynan Ronaldu ismli inson va futbolchi haqida bizga ma'lumot berishgan. Murtoza tufayli Ronaldu bilan tanishganmiz va u haqiqatan ham ajoyib inson hamda buyuk futbolchi bo'lib chiqdi.

U menga murabbiylik qilish sharafi nasib etgan eng yaxshi futbolchilardan biri edi. Nafaqat futbolchi sifatida, balki inson sifatida ham. U biz undan nimani talab qilgan bo'lsak, barchasini bajarardi. O'zi istagan barcha narsaga erishdi, chunki buning uchun astoydil mehnat qildi. Uning qobiliyati doimo o'rtachadan yuqori bo'lgan.

U butun hayotim davomida birga ishlagan eng yaxshi professional futbolchilardan biri edi. Shuning uchun ham uning bunday qaror qabul qilganidan mamnun va baxtiyor ekanimni katta mamnuniyat bilan ayta olaman.

U men bilan abadiy qoladi, qalbimdan joy olgan. Portugaliya, u yerda tanishgan insonlarim va muloqot qilish nasib etgan barcha kishilar bilan bir qatorda uni ham doimo yodda saqlayman.

Senga barcha ezguliklarni tilayman", - dedi Skolari.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola