Krishtianu Ronaldu "Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alabaga munosabat bildirdi

Оқил Абдубарноев
3 noya 2026, 21:21
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining "Paxtakor" ustidan qozongan yirik g'alabasiga munosabat bildirdi.

Portugaliyalik futbolchi o'zining Instagram sahifasida uchrashuvning yakuniy natijasi aks etgan rasmiy posterni hikoya (Stories) shaklida joylashtirdi va unga uchta olov belgisini (🔥🔥🔥) qo'shdi.

photo_2026-11-03_15-59-44.jpg

Shu tariqa, Ronaldu Toshkentdagi uchrashuvda ishtirok etmagan bo'lsa-da, jamoasining g'alabasiga ijtimoiy tarmoq orqali munosabat bildirdi.

Eslatib o'tamiz, "Al Nassr" bosh murabbiyi Ange Postekoglu tig'iz o'yinlar taqvimi va uzoq safarlarni inobatga olib, 41 yoshli hujumchiga dam berishga qaror qilgan edi. Shu sababli Ronaldu "Paxtakor"ga qarshi uchrashuv uchun Toshkentga kelmadi.

Ma'lumot uchun, 2 noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 4-tur uchrashuvida "Al Nassr" "Paxtakor"ni 6:2 hisobida mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Instagram.com/cristiano