

"Biz asosiy poziciyalarda ko'plab kutilmagan jarohatlarga duch keldik. To'rtta himoyachidan uchtasini almashtirishga majbur bo'ldik. Bu bahona emas, lekin futbolchilarimiz ushbu uchrashuvga imkon qadar eng yaxshi holatda yetib kelish uchun ulkan mehnat qilishdi", - deya Skalonining so'zlarini "NBC Sports" nashri keltiradi.
Eslatib o'tamiz, o'yinning 90+3-daqiqasida Argentina terma jamoasi maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi: Enco Fernandes ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi. Ispaniyaga chempionlik keltirgan yagona golni esa 106-daqiqada hujumchi Ferran Torres kiritdi.



