Shveytsariyalik biznesmen "Chelsi"ni sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
2 mar 2022, 23:14
Shveytsariyalik biznesmen Xansyorg Viss "Chelsi"ni Roman Abramovichdan sotib olmoqchi.

"4-5 kun kutishim kerak. Hozir Abramovich juda ko'p so'ramoqda. "Chelsi"ning undan 2 milliard funt qarzi bor, biroq klubda bunday pul yo'q. Demak, Abramovichning tovon pulini yangi homiy to'lashi kerak bo'ladi.

Hozircha biz aniq summa borasida kelisha olmadik. "Chelsi"ni sotib oladigan taqdirimda ham 6-7 investorlar bilan gaplashishim kerak bo'ladi", - dedi Viss.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal