

- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda "FarDU" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi xatodayoq gol o'tkazib yubordik va bu yigitlarimizga yomon ta’sir qildi. Boshqa nimayam derdim, alamli mag'lubiyatga uchradik.
- Tarkibda Islom Boysariev, Akobir To'raev kabi tajribali futbolchilar bo'lishiga qaramay ularni zaxirada qoldirdingiz.
- Akobir To'raev qizil kartochka olgani bois oxirgi ikkita o'yinimizda ishtirok etmadi. O'yin amaliyoti ozgina pasaygani bois zaxirada qoldi. O'tgan turda kim yaxshi harakat qilgan bo'lsa, shularni asosiy tarkibda tushirdik. Boysarievda kichik jarohat bor, u zaxiradan tushib yaxshi o'ynadi.
- "BuxDU" jamoasining joriy mavsumdagi vazifasi nima?
- Vazifa o'yinlarni yutish, faqat biroz omad kelmayapti. Keyingi turda "Lochin"ni qabul qilamiz. O'ylashimcha, shu uchrashuvda natijaga erishamiz.
- Yangi mavsum uchun rejalar qanday?
- Jamoani yuqoriga ko'tarish, buning uchun bor kuch bilan harakat qilamiz. Jamoamizni Proligada saqlab qolish uchun harakat qilamiz.
- Bugun universitetlar derbisi bo'ldi.
- Buni hammamiz yaxshi tushunib turgandik va yigitlarga alohida motivaciya berishning zarurati yo'q edi. Har ikki jamoa oxirigacha kurashdi deb o'ylayman.
- Bugun jamoangiz gol o'tkazib yuborganidan keyin ham o'zini ko'rsatishga astoydil harakat qilmadi?
- Aytib o'tganimdek, xatolar bizga qimmatga tushdi. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin hushyorlikni yo'qotdik. "FarDU" yaxshi jamoa, ayniqsa Lebedev boshqaruvni qo'lga olgach, jamoa yutqazmasdan kelyapti. Nasib qilsa biz uchun ham yaxshi bo'ladi.
- "FarDU"ning maydoniga qanday baho berasiz?
- Maydon holati juda zo'r. Bu erga oxirgi marta "Buxoro" bilan kelgandim va maydon bunchalik zo'r emasdi.



