

O'yindan so'ng "BuxDU" jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Shuhrat Rajabov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalgi bahsda uch nafar futbolchimiz jarohat olgandi. Bugun ularning yo'qligi bilindi. Birinchi taymda futbolchilarimiz taktikani yaxshi tushunishmadi. Ikkinchi taym o'z o'yinimizni namoyish etdik, faqat ozgina omad kelmadi.
- Rotaciya o'zini oqladimi?
- Ha, oqladi. Futbolchilarimiz astoydil harakat qilishdi.
- Bugun bosh murabbiy Azamat Sharipov negadir ko'rinmadi. U ishdan bo'shadimi?
- Rahbarlarimiz avvalgi o'yindagi natijadan xafa bo'lib, bosh murabbiyni iste'foga chiqarishdi. Shartnoma bekor qilindimi-yo'qmi, buni bilmayman. Vaqtincha bosh murabiy vazifasini bajaruvchi etib meni tayinlashdi.
- Jamoangizning jismoniy holatini qanday baholaysiz?
- Ikkinchi taym shuni ko'rsatdiki, jismoniy tomondan 90 daqiqa o'ynashga to'liq tayyormiz. Har bir uchrashuvdan oldin futbolchilar holatini tekshiramiz. Vaqtida o'zimiz ham futbol o'ynaganmiz, shuning uchun futbolchilar yugurishidan kimning kuchi etyapti, kimniki etmayapti bilamiz. Kuchi etmagan futbolchini almashtiramiz. Bugun zaxiramiz tor edi, bu ham ta’sir qildi. Bizga ozgina turtki etmayapti, jamoamiz yomon emas. Bir yutsak hammasi iziga tushib ketadi deb o'ylayman.
- Jamoangiz nima uchun Buxoroda o'ynamayapti?
- Buning sababini men bilmayman, rahbarlarimiz biladi. Balki maydon holatini saqlash uchundir.



