"Real" Messiga hamdardlik bildirdi

Sherzod Nurmatov
10 avg 2026, 11:45
Madridning “Real” klubi Lionel Messi otasining vafoti munosabati bilan hamdardlik maktubi yo'lladi. r

Ispaniya klubi rasmiy bayonot e'lon qilib, “Barselona” sobiq sardori va uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Xorxe Messi 8 avgust kuni hayotdan ko'z yumdi. “Oltin to'p” 8 karra sohibining otasi uzoq yillar davomida Lionel uchun eng yaqin insonlardan biri bo'lgan va uning nafaqat hayotida, balki professional faoliyatida ham muhim rol o'ynagan.

2.jpg

“Real” va “Barselona” o'rtasidagi ko'p yillik azaliy raqobatga qaramay, Madrid klubi ushbu fojiaga befarq qarab tura olmadi. Argentinalik futbolchining oilasini qo'llab-quvvatlovchi so'zlar “qaymoqranglilar”ning rasmiy manbalarida paydo bo'ldi.

“Real” Madrid klubi, uning prezidenti va direktorlar kengashi Xorxe Messining vafotidan chuqur qayg'uda. Klubimiz Leoga, uning oilasiga va barcha yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, – deyiladi madridliklar bayonotida.

Xorxe 20 yildan ortiq vaqt davomida o'g'lining manfaatlarini himoya qilib kelgan va uning faoliyatidagi muhim qarorlarda ishtirok etgan. Aynan u 13 yoshli Lionelni Rosariodan Barselonaga ko'chib o'tishida hamrohlik qilgan, keyinchalik esa futbolchining shartnomalari va transferlari bo'yicha muzokaralarni olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com