

Amerika klubining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida bazaga kelgan futbolchilar, jumladan, argentinalik hujumchining bir nechta suratlari e'lon qilindi.
"Bugungi kelish his-hayajani boshqacha sezilmoqda", – deyiladi "Inter Mayami"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida surat ostiga yozilgan izohda.
Shuningdek, klub qarorgohiga hujumchilar Xerman Berterame, Daniel Pinter va Luis Suares, himoyachilar Yen Frey, Esekel Abadya-Reda, Serxio Regilon va Noa Allen, yarim himoyachilar Kazemiro va David Ayyala yetib kelishdi.
Avvalroq Messi 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin ilk bor omma oldida ko'rinish bergan edi. Hal qiluvchi bahsda Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medallarga ega chiqqan Argentina terma jamoasi musobaqa finaliga qadar yetib borgandi. 39 yoshli hujumchi o'zining tug'ilib o'sgan Rosario shahrida futbol o'yiniga tashrif buyurdi. U Argentinadagi Primera C chempionati doirasida Rosarioning "Leones" va "Sentral Kordova" jamoalari o'rtasidagi bahs vaqtida muxlislar tomonidan o'g'li Mateo bilan birga ko'rib qolindi.



