

"Men MLS'da aynan o'zim xohlagan joydaman. "Yunayted"ni erkin agent sifatida tark etdim, menda Italiyadan va boshqa joylardagi turli jamoalardan variantlar bor edi, ammo men aynan o'zim istagan yerdaman... Messi bilan bir jamoada bo'lishdan zavq olishni, unga yordam berishni va uni yanada ulug' qilishni xohlayman. U futbol xudosi. Unga yordam berishni istayman.
"Real"da o'ynab yurgan kezlarimda Messi menga qanchadan-qancha muammolar tug'dirgan... Albatta, u bilan bir jamoada o'ynashni orzu qilardim, chunki har doim eng yaxshilar bilan birga to'p tepishni xohlaganman. Hech qachon uni bir o'zim to'xtatib qola olmasdim, doimo jamoadoshlarimning yordami kerak bo'lardi. Hozir u bilan bir jamoada ekanimdan juda baxtiyorman va uning yonida g'alaba qozonishda davom etmoqchiman", – dedi 34 yoshli braziliyalik yarim himoyachi matbuot anjumanida.

Kazemiro Amerika klubi bilan 2027 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi va uni yana 2 yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.
39 yoshli Messi 2023 yilning iyul oyidan beri "Inter Mayami"da to'p tepib kelmoqda, uning bitimi 2028 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.



