"Arsenal" va "Atletiko" Xulian Alvares ishtirokidagi almashinuvni muhokama qilmoqda

28 iyun 2026, 00:36
"Arsenal" hujum chizig'ini mustahkamlash maqsadida yozgi transfer oynasida hujumchini o'z safiga qo'shishni rejalashtirmoqda.

London klubi rahbariyati bozordagi turli variantlarni ko'rib chiqmoqda, ular orasida Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares ham bor.

"Arsenal" allaqachon Ispaniya tomoniga birinchi transfer taklifini yuborgan va muzokaralarni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, "Atletiko" rahbariyati transfer narxini pasaytirish uchun futbolchilarni kelishuvga kiritish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Potencial almashinuv doirasida tomonlar Gabriel Martinelli, Gabriel Jesus va Leandro Trossard nomzodlarini muhokama qildilar. Shuningdek, Madrid klubi Viktor Gyokeresh va Itan Nvaneri haqida ma'lumot so'radi.

"Arsenal" sport direktori Andrea Berta uchun Xulian Alvares bozordagi ustuvor maqsadlardan biridir. "Atletiko" tomonidan futbolchi sotilgan taqdirda uning "Arsenal" yoki "Pari Sen-Jermen"ga o'tishi afzal variant bo'lib qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk