

- O'yin haqida fikringiz?
- Muxlislarni xursand qilishni maqsad qilgandik. O'yinimizda nimadir o'xshadi, nimadir yo'q. Raqib kuchli ekanini tan olamiz, bugun bizga oson bo'lmadi, to'p ham kirita olmadik. "Neftchi" tarkibida terma jamoaga nomzod futbolchilar bor, ular bilan o'yin oson kechmadi. Gol urishimiz mumkin edi, lekin foydalana olmadik. Raqibimiz qarshi hujumlarda yaxshi ko'rindi. Bu - futbol, mahorat ko'p narsani hal qiladi. Bugun ham mahorat o'z so'zini aytdi. Biz esa ishlashda davom etamiz.



