"Al Ahli" armanistonlik futbolchini 20 mln evroga transfer qilmoqda

28 iyun 2026, 00:11
"Krasnodar" yarim himoyachisi Eduard Spercyan tez orada "Al Ahli"ga o'tadi, deb xabar bermoqda jurnalist Ivan Karpov.

Manbaga ko'ra, transfer summasi 20 million evroni tashkil etadi, 26 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan "3+1" sxemasi bo'yicha shartnoma imzolaydi va mumkin bo'lgan bonuslar bilan yiliga 6 million evro oladi. Futbolchi kelasi hafta Dubayda tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

Spercyan "Krasnodar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda "buqalar" safida 42 ta o'yinda 14 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.

Avvalroq OAVda Spercyanga Italiyaning "Komo" klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: t.me/karpinside