Vadim Abramov "Dinamo"ga bolgariyalik hujumchini taklif etdi

Iskandarov Abdulaziz
27 iyun 2026, 23:27
Samarqandning "Dinamo" klubi yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettiryapti.

Vadim Abramov boshchiligidagi samarqandliklar lageriga yangi legioner kelib qo'shildi. Bosh murabbiy nazorati ostida Bolgariyadan tashrif buyurgan 25 yoshli hujumchi Georgi Babaliev ko'rikdan o'tmoqda.

2001 yilda tug'ilgan mahoratli forvard allaqachon jamoaning nazorat uchrashuvida debyut qilishga ham ulgurdi. U kecha O'zbekiston U-20 terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan bahsda “Dinamo” libosida maydonga tushdi.

Ma'lumot o'rnida, Babaliev faoliyati davomida Bolgariyaning "Lokomotiv Sofiya", "Etar", "Spartak Varna", "Yantra Gabrovo" hamda Armanistonning "Ararat" klublari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, hujumchi 2017 yilda Bolgariya o'smirlar (U-17) terma jamoasi safida ikkita xalqaro bellashuvda ishtirok etgan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia