Sensaciya qilgan Kabo-Verde murabbiyi uchrashuv haqida nimalar dedi?

16 iyun 2026, 08:50
Kabo-Verde jamoasi bosh murabbiyi Bubishta jahon chempionati guruh bosqichining ilk turida Ispaniya milliy terma jamoasi bilan bo'lgan o'yin natijasi haqida fikr bildirdi.

"Bu o'yin mamlakatimiz uchun juda katta ahamiyatga ega. Biz butun dunyoga terma jamoamizning salohiyati va irodasini ko'rsatishga intilgan edik.

Bosh murabbiyning his-tuyg'ulari, Vozinyaning ko'z yoshlari - bu ko'p yillik og'ir mehnatning natijasidir. Biz himoyada ajoyib o'yin namoyish etdik. Vozinya ko'p yillardan buyon jamoamizning bir qismi bo'lsa-da, biz alohida shaxslarni ajratib ko'rsatishni yoqtirmaymiz. Uning xotirjamligi maydonda undan oldinda harakat qilgan barcha futbolchilarning ishonchli harakatlari tufayli taminlandi.

Biz autsayder hisoblangan jamoalarning mehnatini munosib baholaymiz. Yuqori tashkilotchilik va futbol darajasining umumiy tenglashuvi tufayli bugungi kunda ular eng kuchli terma jamoalar bilan bemalol raqobatlasha olmoqda. Ispaniya to'p nazorati bo'yicha ustunlik qilgan bo'lsa-da, bu o'yinni to'liq nazorat qildi degani emas. Jamoamiz xuddi o'yin so'ngidagi kabi, bahs davomida ham ko'proq hujumkor ruhda harakat qilishdan xursand bo'lgan bo'lardi.

Biz fantastik terma jamoamiz jahon chempionatidagi debyut o'yinida erishgan natijadan faxrlanamiz. Xotirjamlikni saqlagan holda va o'z uslubimizga ishongan holda, Urugvaydek jiddiy raqibga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Oldinda bizni ikkita qiyin o'yin kutmoqda, ammo jasoratimiz kelajakka optimizm bilan qarashga imkon beradi.

Ispaniyadek grand jamoa bilan durang bizga bebaho barqarorlik va ishonch bag'ishladi. Biz eng yuqori darajada raqobatlasha olishimizni isbotladik va o'z oldimizga aynan shu maqsadni qo'ygan edik", - deya Bubishtaning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

1781547004350 (2).jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com