

"Sport News Africa" ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari haligacha 2025 yilgi Afrika Kubogidagi ishtiroki uchun bonuslarni olishmagan, garchi turnir uchun mukofot pullari, shuningdek, Jahon chempionatiga chiqqani uchun to'lanadigan mablag'lar kelib tushgan bo'lsa-da.
Bundan tashqari, jamoaning bir nechta o'yinchisi xususiy ravishda yashash joyi va mehmonxona sharoitlaridan noroziligini bildirgan.
Shuningdek, hamrohlik qiluvchi xodimlar uchun byudjet qisqartirilgan. Afrika Kubogida futbolchilar bilan ishlagan jamoa oshpazi Jahon chempionatiga olib kelinmagan. Mehmonxonadagi ovqatlanish darajasi o'rtacha va talabga javob bermaydi deb topilgan, shu sababli bazi o'yinchilar muntazam ravishda tashqaridan ovqatga buyurtma berishmoqda.
Ustiga-ustak, terma jamoa bosh murabbiyi Pap Tiav besh oy davomida maosh olmagan. Bundan tashqari, uning avvalgi shartnomasi muddati tugagan.
Hozirda mutaxassis JCH da shartnomasiz ishlamoqda. Senegal futbol federatsiyasi murabbiy bilan yangi shartnoma imzolashni rad etmoqda.
Senegal Jahon chempionatidagi birinchi o'yinda Fransiyaga imkoniyatni boy berdi (1:3). Jamoa 23 iyun kuni tunda Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi.



