

“Shuni bilingki, men ushbu bayroq uchun borlig'imni fido qildim. Bor kuchimni berdim va jonajon vatanimiz uchun doimo ayovsiz kurashdim.
Sizlarning tinimsiz qo'llab-quvvatlashingiz muvaffaqiyatlarimga sabab bo'ldi.
Endilikda o'z tajribamni xalqimiz farovonligi yo'lida, xoh murabbiylar shtabida, xoh zaxira o'rindig'ida yoki rahbariyat organlarida bo'lsin, mamnuniyat bilan tatbiq etishga tayyorman”, – dedi Mane.
Senegal terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Belgiya termasiga (2:3) imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunlagandi.
Mane Senegal libosida jami 130 ta uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga 54 ta gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan.


