Jurnalist Lama Ryudiger haqida: "Bazilar uni quvnoq deb hisoblashadi, lekin men emas. U Rikoning bo'ynini sindirib qo'yishiga sal qolgandi"

Aslanov Jasurbek
6 may 2026, 19:45
Jurnalist Manolo Lama "Real" himoyachisi Antonio Ryudigerning yurish-turishini tanqid qildi.

Avvalroq, germaniyalik futbolchi mashg'ulotlardan birida jamoadoshi Alvaro Karrerasning yuziga urgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

"Bazi odamlar Ryudigerni quvnoq deb birishadi, lekin men umuman bunday deb o'ylamayman. Bu maydonda dahshatli xatti-harakatlarni namoyish etadigan inson – men nafaqat Karreras bilan bog'liq voqeani, balki u avvalroq Diego Rikoning bo'ynini sindirib qo'yishiga sal qolganini ham nazarda tutyapman.

O'tgan mavsumlarda uning kimningdir ko'kragini chimchilaganini, kimningdir kindigiga barmog'ini tiqqanini ko'rganmiz – u haqiqiy "personaj", – dedi Lama El Partidazo de COPE efirida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Planeta Real Madrid