OFK Osiyo Kubogini 2028 yilga ko'chirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
15 okt 2026, 14:00
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) Saudiya Arabistonidagi so'nggi hujumlar va xavfsizlik masalalari sababli Osiyo Kubogini 2028 yilga qoldirish ehtimolini ko'rib chiqmoqda.

Mamlakat 2027 yilda o'z tarixida ilk bor futbol bo'yicha Osiyo Kubogiga mezbonlik qilishi, 24 ta terma jamoa ishtirokidagi musobaqa esa 7 yanvarda boshlanishi rejalashtirilgandi.

OFK prezidenti Salmon bin Ibrohim Al Xalifa tashkilot qaror qabul qilishga shoshilmayotganini ta'kidladi:

"Biz noyabr oyining oxirigacha kuta olamiz. Mintaqada vaziyat juda tez yaxshi yoki yomon tomonga o'zgarishi mumkin. Agar zarur bo'lsa, musobaqani bir yil keyinga, 2028 yilga ko'chirishimiz mumkin. Ammo hozircha vaziyatni kuzatyapmiz va barchasi reja bo'yicha ketmoqda".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Japan Times