Runi: "Ten Hag Amorimga almashtirilganidan beri MYUning ahvoli faqat yomonlashdi"

Sherzod Nurmatov
15 sen 2025, 19:34
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Ueyn Runi "qizil iblislar"ning "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng (3:0) jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim haqida gapirdi.

"Muxlislar Amorim nomini aytib qichqirayotgani eshitilib turdi. Biroq "Yunayted" muxlislari o'yin tugashidan oldin stadionni tark etishining o'zi jiddiy mavzu. Menimcha, ularning hafsalasi pir bo'lgan.

O'ylaymanki, o'tgan yili Erik Ten Hag ishdan bo'shatilib, Ruben kelganidan keyin ular endi qanchalik yaxshi o'ynashi va vaziyat o'zgarishi haqidagi gap-so'zlarni tez-tez eshitamiz. Ammo agar murabbiy o'ziga nisbatan to'g'ri bo'lsa, demak, vaziyat yomonlashganini tan olish kerak", – dedi Runi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC