"Manchester Siti" sport direktori Ugu Viana: "Husanovda jahon darajasidagi himoyachi bo'lish uchun hamma narsa bor"

25 iyul 2026, 16:21
"Manchester Siti" sport direktori Ugu Viana himoyachi Abduqodir Husanov bilan shartnoma uzaytirilganiga izoh berdi.

"Manchester Siti" 25 iyul kuni O'zbekiston terma jamoasining 22 yoshli futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Yangi shartnoma 2031 yilgacha mo'ljallangan.

Biz Abduqodirning Angliyaga kelganidan beri rivojlanib borayotganidan juda mamnunmiz va taassurotdamiz.

Biz uning ajoyib yosh yigit va ajoyib himoyachiga aylanayotganini, ammo bu hali boshlanishi ekanligini bilamiz. Uning jismoniy va texnik sifatlari eng yuqori darajada, unda jahon darajasidagi markaziy himoyachi bo'lish uchun zarur bo'lgan barcha narsalar mavjud. 

U bor-yo'g'i 22 yoshda va faoliyatining eng yaxshi yillari hali oldinda. Uning yanada kuchli bo'lish salohiyati barchaga ko'rinib turibdi”, - deya Viananing so'zlarini keltiradi "Manchester Siti" sayti.

Husanov 2025 yilning yanvarida "Lans"dan "Manchester Siti"ga o'tgan edi. Futbolchi o'shandan beri "shaharliklar" safida 47 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: mancity.com