Runi "Arsenal"ning YCHL finaliga chiqqanini nishonlagani haqida: "Biroz oshirib yuborishdi"

Aslanov Jasurbek
6 may 2026, 11:16
Ueyn Runining fikricha, "Arsenal" "Atletiko" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:1, 1:0) Chempionlar Ligasi finaliga chiqqanini haddan tashqari hissiyot bilan nishonlagan.

"Ular finalchi bo'lishga loyiq, ammo hali g'olib bo'lishgani yo'q. Menimcha, bayram qilishda biroz oshirib yuborishdi. G'alaba qozonganingizdan keyin bayram qiling!" – dedi Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi.

Eslatib o'tamiz, “Arsenal” hamda “Bavariya” - PSJ juftligi g'olibi o'rtasidagi UEFA Chempionlar ligasi final uchrashuvi 30 may kuni “Pushkash” arenada bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail