Osiyo Chempionlar Ligasida qancha pul ishlab topsa bo'ladi?

Xayrulla Xoliqov
14 sen 2026, 12:30
Xalqaro o'yinlar boshlanishiga nihoyatda kam vaqt qolmoqda.

Bu mavsum "Neftchi" va "Paxtakor" o'z kuchini Elit Osiyo Chempionlar Ligasida sinab ko'radi, "Nasaf" esa OCHL 2 musobaqasida ishtirok etadi.

Ma'lumki, OFK har ikki musobaqa nufuzini ko'tarish maqsadida bir qator pul mukofotlarini joriy etgan. Ushbu mukofot pullari arablar uchun balki hech nima emasdir, lekin bizning klublar uchun baribir ko'zga ko'rinadi. Quyida mukofot summalarini keltirib o'tamiz.

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi

"Paxtakor" va "Neftchi" Elit OCHLning liga bosqichida ishtirok etadi. Liga bosqichida qatnashadigan har bir klubga 800 ming dollardan (faqat qatnashgani uchun) beriladi. Bundan tashqari har bir g'alaba uchun 100 ming dollar ajratiladi.

Agar jamoa keyingi bosqichga chiqsa:

1/8 final - 200 ming dollar

1/4 final - 400 ming dollar

1/2 final - 600 ming dollar

Chempion - 10 million dollar

Finalchi - 4 million dollar

1.jpg

Osiyo Chempionlar Ligasi 2

"Nasaf" OCHL 2ning guruh o'yinlarida ishtirok etadi. Guruh bosqichida qatnashish har bir klubga 300 ming dollar olib keladi. Bundan tashqari, har bir g'alabaga OFK tomonidan 50 ming dollar beriladi.

Agar jamoa keyingi bosqichga chiqsa:

1/8 final - 80 ming dollar

1/4 final - 160 ming dollar

1/2 final - 240 ming dollar

Chempion - 2 million 500 ming dollar

Finalchi - 1 million dollarga ega bo'ladi.

3.jpg

Ko'rinib turibdiki, klublarimiz xalqaro maydonlarda qancha uzoqqa borsa va qancha ko'p g'alaba qozonsa, cho'ntak ham shuncha qappayib boradi. Buyog'iga kim qancha pul topishi mumkinligini bemalol xomcho't qilavering.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: Championat.asia