Jahon chempioni "Arsenal"dan ketmoqchi

12 sen 2026, 09:10
Yarim himoyachi Martin Subimendi agar yanvar oyigacha asosiy tarkibdagi o'rnini qaytara olmasa, "Arsenal"dan ketishni so'rashga tayyor.

Subimendi "Arsenal"dagi debyut mavsumi bo'lmish o'tgan mavsumni ancha ishonchli boshlagan edi, ammo uning so'nggi oylaridayoq yosh Mayls Lyuis-Skelliga raqobatni boy bera boshladi.

Yangi mavsumda Subimendi hali "Arsenal"ning asosiy tarkibiga kiritilmadi va Premer-ligada uch marta, Chempionlar ligasida esa yana bir marta zaxiradan maydonga tushib, umumiy hisobda bir soatdan kamroq o'ynadi.

TEAMtalk xabariga ko'ra, Subimendi tushkunlikka tushmayapti va "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning ishonchini qaytarish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor.

Subimendi o'z vaziyatini Arteta bilan muhokama qilib bo'ldi va endi o'zini ko'rsatish uchun to'liq imkoniyatlarni kutmoqda, ammo agar yanvargacha vaziyat yaxshilanmasa, Martin ketishga tayyor bo'ladi.

Yozgi transfer oynasining oxirida Subimendiga "Real" va "Chelsi" qiziqish bildirgan edi va Martin ushbu ikki klubning e'tibor markazida qolishda davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk