Rudi Garsiya: "Natijadan hafsalamiz pir bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
9 noya 2023
Neapolliklar o'z maydonida ochko yo'qotishdi.

"Napoli" bosh murabbiyi Rudi Garsiya Chempionlar Ligasining 4-turidan o'rin olgan "Union"ga qarshi o'yin (1:1) haqida fikr bildirdi.

"Biz xato tufayli gol o'tkazib yubordik. Natijadan hafsalamiz pir bo'ldi: g'alaba qozonishimiz mumkin edi va g'alabaga loyiq edik, ammo bunga erisha olmadik. Bizda imkoniyatlar bo'ldi – darvozabon qutqardi, raqib ham darvoza ustunini nishonga oldi", – dedi mutaxassis.

"Napoli" hozirda 7 ochko bilan "C" guruhida 2-o'rinda bormoqda. Neapolliklar YCHLdagi navbatdagi o'yinini 29 noyabr kuni mehmonda "Real"ga qarshi o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com