"Atletiko" koreyalik futbolchini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2026, 14:40
PSJ yarim himoyachisi Li Kan In faoliyatini "Atletiko"da davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabar berishicha, 25 yoshli koreyalik futbolchi Madrid sport direktori Mateu Alemanining ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi.

2.jpg

PSJ yarim himoyachining ketish ehtimolini ko'rib chiqmoqda, chunki uni bu yozda, 2028 yilda shartnomasi tugashidan oldin sotish ideal vaqt deb hisoblanmoqda.

Li Kan In PSJda 2023 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 39 o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt uning narxini 28 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca