"Arsenal" yulduzi La Ligaga yo'l olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2026, 13:50
Belgiyalik vinger Leandro Trossardning Londonning "Arsenal" jamoasidagi kelajagi katta so'roq ostida.

Ekrem Konurning xabar berishicha, 31 yoshli futbolchi "kanonirlar" murabbiyi Mikel Artetaning keyingi mavsum uchun rejalariga kiritilmagan va London klubi yozgi transfer oynasida takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Angliya Premer-ligasi klublari "Nyukasl" va "Aston Villa" ham tajribali vingerga qiziqish bildirgan, A Seriyada esa "Inter" va "Yuventus" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Shuni takidlash kerakki, belgiyalik vinger ushbu mavsum ingliz klubi safida 50 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning hozirgi qiymati 18 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur