LIVE. YCHL finali. PSJ - "Arsenal" 0:1 (matnli translyatsiya)

30 may 2026, 20:50
Yevropa Chempionlar ligasi final uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

PSJ - “Arsenal” 0:1

Gollar: 6 - Kay Xaverc

PSJ: 39. Matvey Safonov, 5. Markinos, 51. Vilyam Pacho, 25. Nunu Mendesh, 2. Ashraf Xakimi, 87. Joau Nevesh, 17. Vitinya, 8. Fabian Ruis, 14. Dezire Due, 7. Xvicha Kvaratsxeliya, 10. Usman Dembele.

Zaxira: 30. Lyuka Shevale, 89. Renato Marin, 4. Lukas Beraldo, 6. Ilya Zabarnyy, 21. Lukas Ernandes, 19. Li Kan In, 27. Dro Fernandes, 33. Uorren Zair-Emeri, 9. Gonsalu Ramush, 24. Senni Mayulu, 29. Bredli Barkola, 49. Ibragim Mbaye.

“Arsenal”: 1. David Rayya, 2. Vilyam Saliba, 6. Gabriel Magalyayns, 49. Maylz Lyuis-Skelli, 3. Kristyan Moskera, 5. Pero Inkape, 19. Leandro Trossard, 41. Deklan Rays, 8. Martin Edegor, 7. Bukayo Saka, 29. Kay Xaverc.

Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 12. Yurrien Timber, 33. Rikkardo Kalafori, 16. Kristian Nyorgor, 23. Mikel Merino, 36. Martin Subimendi, 56. Maks Doumen, 9. Gabriel Jezus, 10. Eberechi Eze, 11. Gabriel Martinelli, 14. Viktor Gyokeresh, 20. Noni Madueke.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

45. Dembelening zarbasi anchagina noaniq ketdi.

43. Mendesh chapdan jarima maydonchasi ichiga kirib borib, to'pni uzatdi, Ruisning zarbasi noaniq bo'ldi.

40. O'tgan vaqt ichida londonliklar himoyasi shu qadar aniq va chiroyli o'ynayaptiki, Parij hech narsa qila olmayapti.

31. Mendesh raqib jarima maydonchasi ichida yotibdi, PSJ esa o'yinni davom ettirmoqda.

26. Trossard zarba berayotganda to'pga emas, Safonovning boshiga tegib ketdi.

24. Qaytdi jamoalar, o'yin davom etadi.

23. Futbolchilar suv ichib olishi uchun qisqa tanaffus berildi.

21. To'p nazorati to'liq PSJda. Jamoa raqib jarima maydonchasiga kirishga imkoniyat topolmayapti.

16. “Arsenal” jarima maydonchasi ichida Sakaning qo'liga to'p tekkan bo'lishi mumkin. Parijliklar etiroz bildirmoqda.

13. Fabian Ruisning zarbasi aniq bo'lmadi.

🔍 Fakt: Bilasizmi, Kay Haverc yana finalda gol urmoqda. Uning 2020/2021 yilgi mavsumdagi YCHL finalida “Man Siti” darvozasiga urgan goli “Chelsi”ga chempionlik keltirgandi.

11. Duening uzatmasini londonlik himoyachilar qaytardi, to'p Xvichaga yetib kelmadi.

9. “Arsenal” yana oldinga yurish qilmoqda, hozircha Enrike shogirdlaridan javob ko'rmayapmiz.

7. Tezkor gol urdi londonliklar, buyog'iga Parij nima qiladi, kuzatamiz.

gettyimages-2278935017-2048x2048.jpg

⚽️ 6. GOL! Haverc hisobni ochdi! Kay bo'sh qolgan hududdan oldinga yurish qildi va darvozaga zarba berib, gol urdi!

4. Uchrashuv yuqori tempda boshlanmadi, jamoalar hujumga shoshilishmayapti.

🕛 1. Finalga start berildi!

gettyimages-2278934363-2048x2048.jpggettyimages-2278934714-2048x2048.jpg

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!

gettyimages-2278933708-2048x2048.jpg

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Yevropa Chempionlar ligasi final uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia