Ronaldu Xorvatiya bilan o'yin haqida: "Penaltidan so'ng ruhiy engillik yuzaga keldi va o'yin osonlashdi"

3 iyul 2026, 09:25
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2026 1/16 finalidan o'rin olgan Xorvatiyaga qarshi uchrashuv (2:1) haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Al Nacsr" forvardi uchrashuvda penaltini aniq amalga oshirdi va bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Bugun biz azob chekish nima ekanligini bilishimiz kerak edi. Bunday miqyosdagi turnirda g'olib bo'lish uchun azob chekishni o'rganishimiz lozim.

Bu tomoshabinlar uchun juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda o'yinni biroz nazorat qildik, ikkinchi bo'lim esa tartibsizroq kechdi. Ular gol urishdi, biz biroz asabiylashdik, ammo penaltidan gol urganimizdan so'ng ruhiy engillik yuzaga keldi.

Shundan so'ng o'yin osonlashdi. Bizda baribir qiyinchiliklar bo'ldi, lekin bu shunday turnirki, biz oldinga harakat qilishda davom etishimiz kerak", – deb ta'kidladi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com