Ronaldu JCHdagi noxush ananaga chek qo'ydi

3 iyul 2026, 08:04
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlarining pley-off uchrashuvlaridagi ilk golini kiritdi.

Ronaldu Xorvatiya milliy terma jamoasiga qarshi kechgan jahon chempionati 1/16 final uchrashuvining 68-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirdi.

41 yoshli Krishtianu Ronaldu o'z faoliyatidagi oltinchi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Bunga qadar futbolchi pley-off bahslarida jami 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan edi.

Umumiy hisobda Ronalduning JCHlarda urgan gollari 11 tani tashkil qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia