

Jamoalar Torontodagi (Kanada) "Bi-Em-O Fild" stadionida maydonga tushishdi. Uchrashuv 2:1 hisobida portugaliyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va Xorvatiya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich ushbu o'yinda jahon chempionatlari tarixidagi mutlaq rekordni yangilashdi - ular dunyo birinchiliklarida o'zaro to'qnash kelgan eng yoshi katta raqiblar juftligiga aylanishdi. O'yin bo'lib o'tgan kunda portugaliyalik yulduz 41 yosh-u 148 kunlik, xorvatiyalik pleymeyker esa 40 yosh-u 292 kunlik edi.
Portugaliyaliklar "K" guruhida O'zbekistonni mag'lub etib (5:0), DR Kongo (1:1) va Kolumbiya (0:0) bilan durang o'ynagan holda, ikkinchi o'rin bilan 1/16 finalga yo'l olgandilar. Xorvatlar esa "L" kvartetida Angliyaga imkoniyatni boy berib (2:4), Panama (1:0) va Gana (2:1) terma jamoalari ustidan g'alaba qozonib, ikkinchi o'rinni band etishgan edi.



