FIFA Xorvatiyaning 90+13-daqiqada bekor qilingan goli bo'yicha bayonot berdi

3 iyul 2026, 10:20
FIFA JCH-2026 1/16 finalidan o'rin olgan Portugaliya va Xorvatiya (2:1) terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda xorvatlarning bekor qilingan goli bilan bog'liq vaziyatga oydinlik kiritdi.

Hakam tomonidan qo'shib berilgan 13-daqiqada Xorvatiya terma jamoasi gol urdi, biroq bosh hakam Espen Eskos VAR tizimini tekshirgach, Mario Pashalichda ofsayd bo'lgani sababli golni bekor qildi. Xorvatlar hujumchisi Igor Matanovich jarima maydonchasi ichida raqib bilan havodagi to'p uchun kurashgan va shundan so'ng to'p Pashalichga borib tushgan edi.

"Jahon chempionatining rasmiy to'pi hisoblangan Trionda ichiga joylashtirilgan Connected Ball Technology texnologiyasi taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, Xorvatiya terma jamoasining 20-raqamli futbolchisi Igor Matanovich goldan oldin to'pga teggani isbotlandi. Bu esa hakamga ofsaydni to'g'ri aniqlash va golni bekor qilish imkonini berdi.

Trionda to'pi ichiga joylashtirilgan IMU datchiklari har qanday eng kichik teginishni ham aniqlashga qodir, bu esa hakamlarga tez va aniq qarorlar qabul qilish uchun misli ko'rilmagan hajmdagi ma'lumotlarni taqdim etadi", – deyiladi FIFA bayonotida.

Xorvatiya terma jamoasi mag'lubiyatga uchrab, turnirni 1/16 final bosqichida tark etdi - Qatardagi JCH-2022 da xorvatlar yarim finalgacha yetib borishgan, JCH-2018 da esa finalda o'ynashgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com