Martines Xorvatiya ustidan qozonilgan g'alaba haqida: "JCHda penaltini Ronaldudek yaxshi tepa oladigan boshqa o'yinchi yo'q"

3 iyul 2026, 08:50
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH-2026 1/16 finalida Xorvatiya jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng fikr bildirdi.

Bizda turli ampluadagi va tajribali futbolchilar bor.

Jahon chempionatida bugun Krishtianu Ronaldu kabi penaltini mahorat bilan ijro eta oladigan boshqa o'yinchi yo'q va jarima maydonchasiga bunday kuch va tezlik bilan yorib kira oladigan Gonsalu Ramushdek boshqa markaziy hujumchi mavjud emas.

Shuningdek, biz Bernardu Silva, Ruben Neveshning tajribasidan, Nelson Semedu va Fransishku Konseysauning mahoratidan foydalanyapmiz. Tarkibimizda yordam bera oladigan boshqa futbolchilar ham bor. Jamoa o'z ishiga to'liq berilgan.

– Ramush asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

– Bizda doimo shay turishi kerak bo'lgan futbolchilar bor va Portugaliya terma jamoasining kuchi aynan mana shunda. Joau Feliks ham turnirda juda yaxshi ishtirok etmoqda, – deb aytgan Roberto Martines.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com