

Avvalroq "Al Nassr"ning 41 yoshli forvardi murabbiy Jorje Jezush UEFA Millatlar ligasining Norvegiyaga qarshi o'yinida (2:1) uni maydonga tushirmaganidan so'ng o'zboshimchalik bilan terma jamoa qarorgohini tark etgan edi. Ushbu qilmishi uchun federatsiya o'yinchini bir oyga chetlatib, 255 evro miqdorida jarimaga tortdi.
"30 sentyabr kuni Krishtianu Ronaldu Daniya – Portugaliya o'yini oldidan o'tkaziladigan rasmiy mashg'ulot boshlanmasidan avval milliy terma jamoaning o'quv-mashg'ulot yig'inini tark etdi. U mashg'ulotning o'ziga ham, undan keyingi kechki ovqatga ham kelmadi. Ronaldu milliy terma jamoalar direktoridan so'rab olgan avtomobilidan foydalanib, o'z tashabbusi bilan kyetib qoldi. Shu bilan birga, u Federatsiya yoki terma jamoa murabbiylar shtabi vakillaridan hech kimni oldindan ogohlantirmagan.
Stadiondan ketganidan so'ng Krishtianu Ronaldu telefon orqali so'zlashuvda Federatsiya prezidentiga milliy jamoa yig'inini tark etish qarori haqida to'g'ridan-to'g'ri ma'lum qilib, bundan buyon uning faoliyatida ishtirok etmoqchi emasligini tushuntirgan", - deyiladi federatsiyaning intizom kengashi qarorida.
Intizom kengashi nashrida qayd etilishicha, Ronaldu o'z xulq-atvorining "uchta engillashtiruvchi holatini" ko'rsatib o'tgan: "futbol rivojiga qo'shgan salmoqli hissasi", "sport xizmatlarining mavjudligi" va ushbu ishda "haqiqatni qaror toptirishga qo'shgan hal qiluvchi hissasi". Federatsiya dastlabki ikki dalilga rozi bo'ldi, ammo oxirgisini rad etdi: "Faktlarning katta qismi ochiq manbalarda mavjud bo'lib, bu uzoq va murakkab surishtiruv o'tkazish zaruratini istisno qiladi".
Kengash qarorida takidlanishicha, qolgan ikki engillashtiruvchi holat haqiqatan ham qo'llanilishi mumkin. shuningdek, qarorga Ronalduning joriy mavsumda va undan oldingi uchta mavsumda federatsiya tomonidan boshqa intizomiy jazolari bo'lmagani ham ta’sir ko'rsatgan.



