Portugaliya futbol federatsiyasi: "Ronaldu - Portugaliya terma jamoasi muvaffaqiyati uchun asosiy figuralardan biri"

17 okt 2026, 07:55
Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) rahbari Pedru Proensa hujumchi va sardor Krishtianu Ronaldu milliy jamoa uchun muhim futbolchi ekanini hamda uni yana g'alabalar sari etaklay olishini ta'kidladi.

"O'ylaymanki, sardorimiz hamma narsani aytib bo'ldi, bosh murabbiymiz hamma narsani aytib bo'ldi, hatto Portugaliya futbol federatsiyasi ham hamma narsani aytib bo'ldi. Biz birdammiz. Bizning istagimiz - Millatlar ligasida g'alaba qozonish va biz barchaga ishonamiz. Ochiq-odin ko'rinib turibdiki, sardorimiz Krishtianu Ronaldu buning uchun asosiy figuralardan biridir.

Albatta, Ronalduning qaytishi uchun sharoitlar mavjud. Bu narsa uning shaxsiy xatida ham ochiqlangan edi, bu haqda terma jamoa bosh murabbiyining o'zi ham aytdi, Portugaliya futbol federatsiyasi ham o'z fikrini bildirdi. Shu sababli hozir hamma bir stol atrofiga o'tirib, yaxshi echimlarni topishi kerak bo'lgan xotirjamlik lahzasi keldi", - deydi Proensaning so'zlarini A Bola nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola