

Turnirning 1/16 finalida portugaliyaliklar Xorvatiya terma jamoasini mag'lub etishdi (2:1), ispanlar esa Avstriyani tor-mor keltirishdi (3:0).
"Futbol shunaqa. Biz Ispaniya jahon chempionatida g'olib chiqishga nomzodlardan biri ekanligini bilamiz. Qiyin o'yin bo'ladi, lekin biz tayyor bo'lamiz. Ularni yaxshi taniymiz.
Jahon chempionatlari doim qiyin o'tadi. Maqsadimiz - oldinga qarab intilish, o'yindan o'yinga o'sib boramiz va nima bo'lishini ko'ramiz", - dedi Ronaldu.



