

Xitoy Xalq Respublikasining China CAMC Engineering Co. LTD kompaniyasi tomonidan Buxoro tumani “Bog'idasht” MFY hududida 30 ming tomoshabinga mo'ljallangan zamonaviy markaziy futbol stadioni qurilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda stadion maydonini loyihalash ishlari boshlab yuborilgan. Mazkur inshoot hududda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, xalqaro talablarga javob beradigan futbol uchrashuvlari va yirik sport tadbirlarini o'tkazish uchun muhim maydonga aylanishi kutilmoqda.






